Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Neymar tanlov amalga oshirishi kerak

Neymar tanlov amalga oshirishi kerak

Braziliyalik yulduz Neymarning «Santos» bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning dekabr oyi oxirida yakunlanadi.

Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, 33 yoshli hujumchi uchun ikki ehtimoliy yo‘nalish bor. Birinchisi — AQShning «Inter Mayami» klubiga ko‘chib o‘tib, Lionel Messi va Luis Suares bilan qayta birlashish. Bu variant hanuz inkor etilmayapti.

Ikkinchi yo‘nalish — «Santos» bilan bitimni uzaytirish. Neymarning kelajagi borasidagi yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Neymar joriy yil boshida vatanga qaytib, «Santos» bilan qisqa muddatli shartnoma imzolagan edi. U avval Yevropaga qaytishni rejalashtirgan, ammo kutilgan darajada o‘yin ko‘rsatmagani sababli, bitimni yana yarim yilga uzaytirgan edi.

Kiritildi: 09:13 03.11.2025. O'qildi: 675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!