«PSJ» hujumchisi Neymar qaysi futbolchi bilan bir jamoada o‘ynashni xohlashi borasidagi savolga javob berdi.
«Krishtianu Ronalduni tanlagan bo‘lardim, chunki allaqachon Messi va Mbappe kabi ajoyib futbolchilar bilan birga o‘ynadim. Ammo hozircha Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynash nasib qilmadi», – deydi Neymar GQ Style'ga bergan inervyusida.
Ma’lumot uchun, braziliyalik 29 yoshli futbolchi bu mavsumda Fransiya chempionatida 16ta o‘yinda 8ta gol urdi.