ECHL chorakfinalidan o‘rin olgan «Atalanta»ga qarshi o‘yinda «PSJ» futbolchisi Neymar o‘ziga xos natija qayd etdi va joriy mavsumda sobiq jamoadoshi Lionel Messi o‘rnatgan natijani yaxshiladi.
Neymar «Atalanta»ga qarshi o‘yinda 16 marta raqiblarini aldab o‘tdi. Bu joriy mavsumda YECHL rekordi hisoblanadi Bungacha eng yaxshi natija Messi va Insinyega tegishli edi. Ular joriy mavsumda bir o‘yinda 11 marta raqibni aldab o‘tishgandi. Neymar ular o‘rnatgan rekordni birato‘la 5taga yaxshilab qo‘ydi.
ECHL chorakfinalidan o‘rin olgan uchrashuvda Neymar bitta golga assistentlik qilgan bo‘lsa, Shupo-Moting urgan g‘alaba golida hujumni boshlab berdi. «PSJ» YECHL yarimfinalida «Atletiko» – «Leypsig» o‘yini g‘olibi bilan o‘ynaydi.