Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Neymar Braziliyaning mart oyidagi o‘yinlarida yordam bera olmaydi. Uning o‘rniga "Real" futbolchisi chaqirildi

Neymar Braziliyaning mart oyidagi o‘yinlarida yordam bera olmaydi. Uning o‘rniga "Real" futbolchisi chaqirildi

Braziliya futbol federasiyasi (CBF) matbuot xizmati 33 yoshli hujumchi Neymar tibbiy sabablarga ko‘ra terma jamoaning bo‘lajak o‘yinlarida ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi.

Avvalroq Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dorival Junior 33 yoshli futbolchini JCH-2026 saralashida Kolumbiya (21 mart) va Argentina (26 mart) bilan o‘yinga chaqirgandi.

Qayd etilishicha, bunday qarorga Braziliya terma jamoasi tibbiy shtabi kelgan. Bundan tashqari, CBF xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" darvozaboni Ederson ham jarohat sababli mart oyidagi o‘yinlarda ishtirok etmaydi. Neymarning o‘rniga Braziliya terma jamoasiga "Real" hujumchisi Endrik chaqirildi.

Kiritildi: 12:02 15.03.2025. O'qildi: 426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!