Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Neymar «Barselona»ga qaytmoqchi

A A A
Neymar «Barselona»ga qaytmoqchi

PSJ hujumchisi Neymar «Barselona»ga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda Marca nashri.

Manbaning xabariga ko‘ra braziliyalik futbolchi PSJ bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni to‘xtatgan, boisi u Lionel Messi Kataloniya klubida qoladi degan fikrda.

Shuningdek, Neymarning «Barselona»ga jamoaga qaytish istagida ekanligi haqida xabar bergani aytilmoqda.

Qayd etish joiz, hujumchi 2013—2017 yillarda «ko‘k-anorranglilar» safida to‘p surib, 186 uchrashuvda 105 ta gol urgan.

29 yoshli Neymar 2020/21 yilgi mavsumda Fransiya chempionatining 13 uchrashuvida maydonga tushib, 6 ta gol urdi. Uning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 22:46 04.04.2021. O'qildi: 3041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!