Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Neymar 12 yildan so‘ng ilk bor «Santos»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi

Neymar 12 yildan so‘ng ilk bor «Santos»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi

Kecha, 9 fevral kuni Braziliyaning Liga Paulista musobaqasining 8-turida «Novorizontino» va «Santos» jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Bu o‘yinda barcha e’tibor Neymarga qaratilgan edi, chunki u ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.

Ushbu bahs Neymar uchun klubga qaytganidan keyingi ikkinchi, asosiy tarkibda esa 12 yil ichidagi birinchi o‘yini bo‘ldi. U avvalgi «Botafogo San-Paulu»ga qarshi o‘yinda ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushgan edi.

Bugungi uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Keyingi turda «Santos» safarda «Korintians»ga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar joriy qishki transfer oynasida «Santos»ga qaytdi. Hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:56 10.02.2025. O'qildi: 1109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!