23 avgust kuni taxminan soat 07:15da 40 yoshli U.Q. “Nexia” rusumli avtomashinasini Buxoro viloyatining G‘ijduvon tuman hududidan o‘tuvchi yo‘lida haydab ketayotganida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan piyodalar, 31 yoshli F.N. ismli ayol va uning 2 yoshli qizi SH.M.larni urib yuborgan.
Natijada piyoda ona voqea joyida va qizaloq kasalxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.