AQShning Grenlandiyani sotib olish bo‘yicha dastlabki taklifi 2,2 milliard dollar atrofida bo‘lishi mumkin.
Bu haqda Newsweek jurnali o‘z hisob-kitoblariga tayanib yozmoqda.
Nashr 1946 yilda AQShning 33-prezidenti Garri Trumenning orolni 100 million dollarga sotib olish taklifini asos qilib oldi va inflyasiyani hisobga olgan holda bu miqdor endi 1,6 milliard dollarga teng bo‘lishini hisoblab chiqdi. Jurnal ushbu mablag‘larga Daniya har yili orolga ajratadigan 600 million dollarni qo‘shdi va shu bilan AQShning Grenlandiyani sotib olish bo‘yicha potensial taklifining umumiy miqdorini keyingi yillik chegirmalar bilan 2,2 milliard dollarga oldi.
AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq Grenlandiya uning mamlakatiga qo‘shilishi kerakligini bir necha bor aytgan edi. U Daniya oroldan voz kechmasa, unga yuqori savdo bojlari qo‘yish bilan tahdid qildi. Hatto birinchi prezidentlik davrida Tramp Grenlandiyani sotib olishni taklif qilgan. Daniya va Grenlandiya hukumati bu fikrni rad etdi.