Nyu-York shahri markazidagi The New York Times ofisiga qizil bo‘yoq sepib ketishdi
Ofis oynasiga “The New York Times yolg‘on gapirayapti. G‘azo o‘lyapti” deb yozib ketilgan. Bu gazeta o‘z o‘quvchilarini “chalg‘itganini” tan olganidan so‘ng sodir bo‘ldi.
Bunga gazetaning G‘azodagi ocharchilik haqidagi maqolasida ozg‘in bolaning surati noto‘g‘ri kontekstda foydalangani sabab bo‘lgan. Bola aslida bir nechta sog‘liq muammolaridan aziyat chekkani, ammo maqolada bu ataylab tilga olinmagani ma’lum bo‘lgan. Shu sababli gazeta tanqidga uchragan.