G‘azoda saqlanayotgan isroillik asirning otasi dushanba kuni Bosh vazir Benyamin Netanyaxuni harbiy jinoyatlar sodir etayotganligini aytib, Isroil rahbarini hibsga olish uchun chiqarilgan xalqaro orderni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
19 yoshli askar Nimrod Koyenning otasi Yehuda Koyen dushanba kuni Knessetda asirlar oilalari bilan suhbat chog‘ida Netanyaxuni “shaxsiy manfaatlari” uchun G‘azodagi urushni uzaytirishda ayblab, parlament a’zolarining g‘azabini qo‘zg‘atdi.
Koyenning aytishicha, bosh vazir "nafaqat G‘azo aholisiga, balki isroilliklarga qarshi ham harbiy jinoyatlar sodir etmoqda".
Shundan so‘ng Netanyaxuning “Likud” partiyasi a’zosi MK Eliyaxu Revivo garovdagi askarning otasiga "Agar siz qattiq bayonotlaringizda davom etsangiz, o‘g‘lingiz uzoq yillar Hamas zindonlarida qoladi." deb tahdid qilgan.