Eron diniy rahbari Oyatulloh Xomanaiy Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni hibsga olish uchun order berilishini yetarli emas chora deb atadi. Uning fikricha, Netanyaxu qatl qilinishi ham kerak.
Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi tomonidan Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga nisbatan hibsga olish uchun order yetarli emas. Bu haqda Eronning diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy ma’lum qildi, deb xabar beradi Eronning IRNA rasmiy axborot agentligi.
“Sionistik rejim G‘azoda harbiy jinoyat sodir etmoqda. Hibsga olish to‘g‘risida order berish yetarli emas. Netanyaxu va bu rejimning jinoyatchi rahbarlariga o‘lim jazosi berilishi kerak”, — dedi Xomanaiy "Basij" milisiyasi a’zolari bilan uchrashuvda.
Eslatib o‘tamiz, 21 noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni G‘azo sektorida sodir etgan harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun hibsga olishga order berdi.