Isroil bosh vaziri bu haqda Fox News telekanali efirida ma’lum qildi.
"Bu borada hech qachon bo‘lmagan suhbatlar haqida juda ko‘p yolg‘on xabarlar bor. Shu sababli men bu mavzuga chuqur kirishni xohlamayman. Ammo sizga shuni ayta olamanki, biz nima qilishimiz kerak bo‘lsa, shuni qilmoqdamiz va bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Menimcha, Qo‘shma Shtatlar ham o‘zi uchun nima foydali ekanini yaxshi biladi", — deya izoh berdi Netanyahu.
Avvalroq Reuters o‘z manbalariga tayanib, AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilning Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiyni o‘ldirish rejasiga veto qo‘ygani haqida xabar bergandi