18 iyul kuni isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo-Misr chegarasidagi bosib olingan Rafah shahrida isroillik askarlarni ko‘rgani bordi. Tashrif chog‘ida u isroilning Filadelfiya yo‘lagi va Rafah chegara punktini nazorat qilishi HAMASga qarshi urushning «keyingi bosqichi» uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Netanyaxuning aytishicha, Falastin harakatining noroziligiga qaramay, isroil G‘azoning Misr bilan chegarasini HAMAS bilan kelishuv tuzilganidan keyin ham ishg‘ol ostida saqlashda davom etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «harbiy bosim» isroilga HAMAS bilan kelishuvni «targ‘ib» qilishga yordam beradi.
U, shuningdek, AQSh Kongressidagi bo‘lajak nutqida harbiy harakatlar va urushning tabiati haqida gapirishini ma’lum qildi.