Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Netanyaxu Milliy xavfsizlik kengashi rahbarini Qatarga qilingan hujum va G‘azoni bosib olishga rozi bo‘lmagani uchun ishdan bo‘shatdi

Netanyaxu Milliy xavfsizlik kengashi rahbarini Qatarga qilingan hujum va G‘azoni bosib olishga rozi bo‘lmagani uchun ishdan bo‘shatdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Saxi Xanegbini lavozimidan ozod etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xanegbi Qatarga hujum va G‘azo sektoridagi “Gid’on arabalari 2” harbiy operasiyasiga qarshi chiqqan.

Isroil ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, Netanyaxu qaror qabul qilishda rafiqasi Sara Netanyaxuning ta’siri bo‘lgan. U Xanegbining faoliyatidan norozi bo‘lgan va bosh vazirga uni ishdan bo‘shatishni tavsiya etgan.

Xanegbi o‘z bayonotida Milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi maslahatchi tayinlanishini ma’lum qildi va o‘z vorisiga yordam berishga tayyorligini bildirdi. Shu bilan birga, u 7 oktyabr voqealarini har tomonlama tekshirish zarurligini ta’kidladi.

Isroil armiyasi sentyabr oyida G‘azo shimolida “Gid’on arabalari 2” operasiyasini boshlagan, bu mamlakatda norozilik namoyishlari va xavotirlarga sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 15:04 22.10.2025. O'qildi: 569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!