Isroil Eronga yadroviy qurol ishlab chiqarishga yo‘l qo‘ymaydi.
Bu haqda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
"Men Isroil Bosh vaziri ekanman, Eron yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi", deb yozgan u.
Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Tramp bu masalada uni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
"30 yildan ortiq vaqt davomida men Eronning yadroviy dasturiga qarshi xalqaro kurashning oldingi saflarida bo‘ldim. Agar bu kurash bo‘lmaganida, Eron allaqachon Isroilni yo‘q qilish uchun atom bombalarini qo‘lga kiritgan bo‘lar edi. <...> Men Isroil Bosh vaziri ekanman, bu sodir bo‘lmaydi", deb xulosa qildi Netanyaxu.