Isroilning vazifasi nafaqat XAMASni “mag‘lubiyatga uchratish”, balki mahbuslarni ozod qilish va Yaqin Sharq qiyofasini o‘zgartirishdir. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Netanyaxu Yamandagi Sana xalqaro ayeroportiga havo hujumini tomosha qilgan Tel-Aviv aviabazasida X platformasi orqali fuqarolarga murojaat qildi.
G‘azo sektoriga hujumlar kengayishi haqida gapirar ekan, bosh vazir Isroil duch kelayotgan qiyinchiliklarni e’tibordan chetda qoldirmasligini, balki “g‘alaba”ga erishish vazifasini bajarishda xalq va armiyaga to‘liq ishonishini ta’kidladi.
Uning ta’kidlashicha, Isroilning vazifasi nafaqat XAMASni "mag‘lubiyatga uchratish", balki mahbuslarni ozod qilish va Yaqin Sharq qiyofasini o‘zgartirishdir. Bu vazifa oson bo‘lmasa-da, amalga oshirish mumkin, dedi u.
Netanyaxuning ta’kidlashicha, "operasiya"ning hozirgi bosqichi yakunlangan va mamlakat qiyin, ammo muvaffaqiyatli kurash olib bormoqda.