Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning aytishicha, asosiy vazifa G‘azo Isroilga tahdid solmaydigan holatga keltirishdir. U shuningdek Eron masalasi bo‘yicha ham vaziyat doim nazoratda ekanini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan tez-tez muloqot qilib boradi va xalqaro siyosiy vaziyat hamda yangi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashadi. Shu bilan birga, Isroil barcha ehtimoliy ssenariylarga tayyor ekani qayd etildi.
Netanyaxu shuningdek “Hizbulloh” tomonidan dron hujumlari va xavfsizlik masalalariga to‘xtalib, xarajatlar qancha bo‘lishidan qat’i nazar, zarur choralar ko‘rilishini bildirdi.
Uning fikricha, Isroil ushbu muammolarga to‘liq yechim topa oladigan davlatlardan biri bo‘ladi.