Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Isroil Mudofaa Kuchlariga Bayrut janubidagi Dahiya mahallasidagi nishonlarga zarba berishni buyurganini e’lon qildi.
Bu haqda Netanyaxu o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
Uning ta’kidlashicha, bu qaror "Hizbulloh" terrorchilik tashkiloti tomonidan Livanda takroriy va davom etayotgan sulhni buzish, shuningdek, Isroil shaharlari va tinch aholisiga qarshi hujumlar"ga javoban qabul qilingan.
"Men Isroil armiyasi va mudofaa vaziri Israel Kasga Bayrutning Dahiya mahallasidagi terroristik nishonlarga zarba berishni buyurdim", dedi Netanyaxu.