Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Falastinning XAMAS harakati bilan kelishuvning ikkinchi bosqichi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, G‘azodagi janglarni qayta boshlash bilan tahdid qildi . Bu haqda RIA Novosti yozmoqda .
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning jangovar harakatlarni qayta boshlash huquqini AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden ham , Amerika yetakchisi etib saylangan Donald Tramp ham qo‘llab-quvvatlagan . "Agar biz jangga qaytishimiz kerak bo‘lsa, biz buni yangi usullarda va katta kuch bilan qilamiz", dedi u.