Isroil Eronning yaqinda o‘tkazgan harbiy mashg‘ulotlaridan xabardor. Tehronning Isroilga qarshi har qanday harakati juda qattiq javob bilan kutib olinadi.
Bu haqda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Gresiya bosh vaziri Kiryakos Misotakis va Kipr prezidenti Nikos Xristodulidlar bilan Quddusdagi uch tomonlama uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Biz Eron oxirgi paytlarda mashg‘ulotlar o‘tkazayotganidan xabardormiz. Biz buni diqqat bilan kuzatib, kerakli baholarni o‘tkazmoqdamiz. Men Eronga shuni aytmoqchimanki, Isroilga qarshi har qanday harakat juda qattiq javob bilan kutib olinadi", - dedi Netanyaxu.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Eronning yadroviy faoliyati AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Vashingtonda bo‘ladigan uchrashuvda muhokama qilinadi.