Juma kuni, Isroil Eronga nisbatan misli ko‘rilmagan hujumni boshlaganidan so‘ng, mamlakat Bosh vaziri Binyamin Netanyahu bevosita eronliklarga murojaat qildi. U ingliz tilida so‘zlab, ularga “yovuz va zolim rejim”ga qarshi turish vaqti kelganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil harbiy operasiyalari “siz uchun erkinlikka erishish yo‘lini ochib bermoqda”.