Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu noyabr oyi oxiriga rejalashtirilgan kenja o‘g‘li Avnerning to‘yini boshqa kunga ko‘chirmoqchi. Bu xavfsizlik sohasidagi tahdidlar, jumladan, dronlar hujumi xavfi bilan bog‘liq, deb yozadi Isroilning Kan 11 telekanali.
Dastlab to‘y 26-noyabr kuni Tel-Aviv shimolidagi tantanali tadbirlarga mo‘ljallangan bog‘da o‘tkazilishi kerak edi. Endilikda Netanyaxu mehmonlarni asossiz xavf ostiga qo‘ymaslik uchun bazmni ko‘chirishni taklif qilgan.