Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Netanyaxu Bakuga tashrif bilan boradi. Uning hibsga olinish xavfi yo‘q

Netanyaxu Bakuga tashrif bilan boradi. Uning hibsga olinish xavfi yo‘q

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 7 may kuni Ozarbayjonga tashrif bilan boradi. Bu haqda Isroil bosh vaziri idorasiga tayanib The Times of Israel nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Netanyaxuning tashrifi 11 mayga qadar davom etadi.

Qayd etilishicha, 8 may kuni Netanyaxu Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va yahudiy jamiyati a’zolari bilan uchrashadi.

Shuningdek, nashrning ta’kidlashicha, Ozarbayjon Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudning a’zosi emas, shuning uchun Netanyaxuning hibsga olinishi xavfi yo‘q.

"Kan" ma’lumotlariga ko‘ra, tashrif davomida Netanyaxu Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi.

Isroil bosh vazirining Ozarbayjonga avvalgi tashrifi 2016 yilda bo‘lgan.

Kiritildi: 19:14 29.04.2025. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!