Isroil va AQSh Eronning yadroviy intilishlari va Yaqin Sharqdagi “agressiv harakatlari”ga qarshi turmoqchi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.
Rubio lavozimga kirgandan beri ilk bor Isroilga tashrif buyurdi. Netanyaxuning aytishicha, u bilan bir qator masalalarni muhokama qilgan, “ularning hech biri Erondan muhimroq bo‘lmagan”.