Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Netanyahu Misrga bormoqchi

Netanyahu Misrga bormoqchi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu tez orada Misrga borishi kutilmoqda. Shunchaki emas, 35 milliard dollarlik shartnoma imzolash uchun.

Isroil Misr bilan qo‘shni bo‘lsa-da, ikki yildan beri hech qanday diplomatik aloqa qilmayotgandi. G‘azoda urush boshlangach, Misr faqat asirlarni ozod qilish masalasida Isroil bilan muloqot qildi. Misr Isroilning Falastinga nisbatan harakatlari sabab u bilan sovuq munosabatda ekanini ko‘rsatishga intiladi, lekin baribir ikki davlatning umumiy to‘qnashadigan manfaatlari ko‘p.

Netanyahu Misrga 15 yil ichida ilk marta bormoqda. U Misrga Isroil lideri sifatida ikki marta borgan, u vaqtlar Misr prezidenti Husni Muborak edi. Netanyahu hozirgi Misr prezidenti Abdulfattoh as Sisi bilan neytral maydonlarda ko‘rishgan, lekin uning davrida Misrga borgani yo‘q.

OAV esa Netanyahuning 15 yil Misrga bormagani faqat qog‘ozda, maxfiy uchrashuvlar bo‘lgan deb yozadi.

Netanyahu qo‘shni Misrga katta diplomatik va iqtisodiy missiya bilan borishni rejalashtirmoqda. Tashrif davomida Isroil Misrga gaz yetkazib berishi bo‘yicha kelishuv imzolanishi mumkin. Bu uzoq yillik shartnoma ekani, uning qiymati 35 milliard dollar bo‘lishi aytilmoqda.

Lekin Isroil ichida bu megakelishuvga qarshilar ko‘p. Masalan, Isroil energetika vaziri Eli Koen bunday katta kelishuv Isroilning o‘zi uchun energetik inqiroz keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirda. Vazir kelishuvga rozi bo‘lmasligini aytgan.

Shuningdek, Netanyahu tashrifdan siyosiy piar va odamlarni chalg‘ituvchi manyovr sifatida foydalanmoqchi. Hozir Isroilda Netanyahudan norozilik kayfiyati yuqori, bosh vazir uni kechirishlarini so‘ramoqda.

Kiritildi: 23:04 13.12.2025. O'qildi: 676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!