Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu HAMAS harakatining G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi bo‘yicha qo‘ygan shartlarini rad etdi. Biroq u Isroil delegasiyasi 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ishtirok etish uchun Qatardyuga yuborilishini e’lon qildi.
4 iyul kuni HAMAS AQSh vositachiligida ilgari surilgan G‘azo sektorida sulhga erishish bo‘yicha takliflarni muhokama qilishga tayyor ekanini bildirgan edi. Unga ko‘ra, HAMAS tirik qolgan isroillik asirlarning yarmini qo‘yib yuborishi, Isroil esa bir nechta falastinlik mahbuslarni ozod qilishi lozim. HAMAS, shuningdek, sulhdan so‘ng harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarini G‘axodan chiqarish va gumanitar yordamdan bemalol foydalanishni talab qilmoqda.
AFP ning xabar berishicha, Netanyahuning Vashingtonga navbatdagi tashrifi 7 iyulga belgilangan.