Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Netanyahu Eron bilan bog‘liq operasiyaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi

Netanyahu Eron bilan bog‘liq operasiyaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi

Netanyahu 2024 yil noyabr oyida Eron bilan bog‘liq operasiyaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi.

"Bunday ko‘rsatma 2024 yil noyabr oyida, “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh o‘ldirilganidan ko‘p o‘tmay berilgan", — deya Isroil bosh vazirining so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Times of Israel.

Netanyahuning aytishicha, unga Tehron yadroviy bombaga ega bo‘lishga intilishi ayon bo‘lgan, Isroil Eronning uranni boyitishdan tashqari yadroviy qurol yaratish yo‘lidagi amaliy harakatlarini qayd etgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, operasiya dastlab 2025 yilning aprel oyi oxiriga rejalashtirilgan, biroq “turli sabablarga ko‘ra” bu vaqtda amalga oshirilmagan. Bosh vazir bu sabablarni ochiqlamadi.

The Times of Israel nashrining taxminicha, bunga AQSh prezidenti Donald Trampning 2025 yil aprel oyida Eron bilan uning yadroviy dasturi bo‘yicha bevosita muzokaralarga kirishishini e’lon qilgani asosiy sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 13:36 14.06.2025. O'qildi: 760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!