Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu davom etayotgan sud jarayoni munosabati bilan Prezident Isxak Gersogga rasmiy ravishda afv so‘rash to‘g‘risida murojaat yubordi. Bu haqda mamlakat prezidenti ofisi xabar berdi.
Adliya vazirligining Afv etish bo‘limi vazirlikning barcha tegishli bo‘linmalari fikrlarini yig‘ib, ularni yuridik maslahatchiga yubordi.
🗣 «Sud jarayonining o‘tishi va o‘z aybsizligimni to‘liq oqlanganimcha isbotlashni xohlashimga qaramay, men jamoat manfaatlari boshqa yo‘lni talab qilayotganini hisoblayman», — dedi Netanyahu Yedioth Ahronoth gaztasi keltirgan maktubida.
Uning aytishicha, «sud jarayonini to‘xtatish uning atrofida avj olgan baxslar keskinligini kamaytirishga yordam beradi».
💡 Isroil prezidenti sud tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etish huquqiga ega, juda kam hollarda — sud jarayoni yakunlanmasidan avval ham. Ammo bu faqat jamoat manfaatlariga mos kelishi tasdiqlangan taqdiridagina mumkin.
Netanyahuning korrupsiya bo‘yicha ishi 2016-yil dekabrda boshlangan, 2019-yilda unga bir nechta korrupsiya ishlari bo‘yicha rasmiy ayblov qo‘yilgan, biroq Isroil bosh vaziri bu ayblovlarni rad etadi.
Isroil bosh vaziri, xususan, milliarder va Gollivud prodyuseridan o‘z shaxsiy va biznes manfaatlari yo‘lida yordam evaziga o‘n minglab dollarlik sigara va shampan ko‘rinishidagi sovg‘alar olganlikda ayblangan. Shuningdek, u ommaviy axborot vositalari magnatlariga o‘z faoliyati va oilasining faoliyatini ijobiy yoritish evaziga yordam berganlikda gumon qilinadi.
Netanyahu mamlakat tarixida amaldagi hukumat rahbari sifatida jinoiy ish bo‘yicha sudga tortilgan birinchi shaxsdir.
Isroil bosh vaziri, shuningdek, harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ham ayblanmoqda. 2024-yil noyabr oyida Xalqaro jinoiy sud uning hamda sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantning G‘azada sodir etilgan genosid bo‘yicha hibsga olinishi uchun order chiqargan. G‘azada 2023-yil oktyabrdan buyon 70 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.