Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Nestle O‘zbekistonda bolalar ozuqasining ayrim partiyalarini qaytarib oladi

Nestle O‘zbekistonda bolalar ozuqasining ayrim partiyalarini qaytarib oladi

Nestle kompaniyasi ehtimoliy sereulid toksini xavfi sabab ayrim bolalar ozuqasi mahsulotlarini O‘zbekistonda ixtiyoriy ravishda qaytarib olishni e’lon qildi. Qaror global qaytarib olish jarayoni doirasida, ehtiyot chorasi sifatida qabul qilingan.

Toksin tashqi ta’minotchi yetkazib beradigan araxidon kislotasi tarkibida bo‘lishi mumkin. U o‘tkir zaharlanishga olib kelib, ko‘ngil aynishi, qusish va qorin og‘rig‘ini keltirib chiqaradi.

Qaytarib olish quyidagi mahsulotlarning ayrim partiyalariga tegishli:
➖ NAN 1 OPTIPRO;
➖ NAN 2 OPTIPRO;
➖ NAN Kislomolochniy (0–12 oy);
➖ NAN Supreme (0–12 oy);
➖ ALFARE Amino.
Kecha Rossiya ham sotuvni to‘xtatgan edi.

Nestle regulyator organlarni xabardor qilgan. Qayd etilgan partiyalarni xarid qilgan iste’molchilar mahsulotni belgilangan tartibda qaytarishi mumkin. Boshqa partiyalar va Nestle’ning boshqa bolalar ozuqasi mahsulotlariga bu qaror tegishli emas.

Kiritildi: 17:48 08.01.2026. O'qildi: 1077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!