Ular o‘tgan yilgi “Z avlod namoyishlari”ni shafqatsizlik bilan bostirishda ayblanib hibsga olingan, deb xabar bermoqda Reuters
Sobiq bosh vazir Sharma Oli va ichki ishlar vaziri Ramesh Lehak polosiya tomonidan hibsga olindi, deya xabar bermoqda agentlik.
Hibsga olish Balendra Shah yangi bosh vazir sifatida qasamyod qilganidan bir kun o‘tib amalga oshirildi. Maxsus komissiya sobiq bosh vazirni ommaviy noroziliklar vaqtida namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatishda ayblamoqda. O‘sha paytdagi namoyishlarda qurbonlar soni kamida 76 nafarga yetgandi. Shu voqealardan keyin Sharma Oli lavozimidan iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan edi.
Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, sobiq bosh vazir va IIVning sobiq rahbari Katmandu shahridagi polisiya boshqarmasida saqlanmoqda va yaqin kunlarda sudga olib boriladi. Keyinchalik 74 yoshli Oli sog‘lig‘idagi muammo sababli (u avval buyrak transplantasiyasini boshdan kechirgan) polisiya bo‘limidan shifoxonaga o‘tkazilgan.
Olining advokati hibsga olishni “asossiz” deb atab, mijozining tergovdan yashirinishi ehtimoli yo‘qligini ta’kidladi.