Nepal hukumati tasdiqlagan qurbonlar soni 538 kishiga yetdi. Jami 1000 dan ortiq inson bedarak yo‘qolgan, ularning kamida 540 nafari chet elliklardir.
Nepal rasmiylari omon qolganlarni qidirish hamda shahar va vodiylarda qamalib qolgan minglab odamlarga favqulodda yordam yuklarini tashlash uchun vertolyotlardan. foydalanmoqda.
Xitoy tomoni Tibetda bedarak yo‘qolganlar soni 558 kishini tashkil etishini ma’lum qildi. Ular orasida 260 nafar chet el fuqarolari ham bor. Hozircha Xitoy faqat uch kishining halok bo‘lgani tasdiqlandi.
Katta miqdordagi suv va vayronalar aralashmasi endilikda yangi ofat yuzaga kelishi xavfini uyg‘otmoqda. Nepalning tabiiy ofatlarni boshqarish ma’muriyati Bxotekoshi daryosini vayronalar to‘sib qo‘yishi natijasida hosil bo‘lgan ko‘l sathi ko‘tarilib, to‘g‘onni yorib yuborish xavfi ostida ekanligidan ogohlantirdi.
Xitoy yaqin uch kun ichida shundoq ham to‘g‘on bilan to‘silgan ushbu ko‘lga qariyb 3 million kub metr suv quyilishi kutilayotganini ma’lum qildi. Xitoy Suv resurslari vazirligiga ko‘ra, ko‘l qirg‘oqlari yorilishi xavfi yuqori va taxminan 1 sentyabr atrofida suv oqimi eng yuqori nuqtaga chiqishi kutilmoqda.
Rasmiylarga ko‘ra, toshqin xavfini kamaytirishning umumiy usuli to‘g‘onning pastki qismida maxsus drenaj kanalini qazishdir. Biroq bu kanalning kengligi va chuqurligini suvning oqish tezligi va ko‘lning qanchalik tez to‘lishiga asoslanib hisoblash kerak bo‘ladi.