Bu haqda India Today xabar bermoqda.
Xabar berilishicha, saroy butunlay olov ichida qolgan, uni hatto o‘chirishga ham urinishmayapti. Binoda Nepalning asosiy boshqarma va muassasalari, jumladan bosh vazir idorasi joylashgan edi.
"Bundan tashqari, Nepalning Hindiston bilan chegara hududlarida ham namoyishlar boshlandi. Hindiston ikki davlat chegarasidagi barcha o‘tish punktlarini yopdi va chegarada nazoratni kuchaytirdi", deya yozmoqda nashr.
Nepal armiyasi mamlakatda ommaviy tartibsizliklar to‘xtatilmasa, vaziyatga aralashish bilan tahdid qildi.