Nepal Kongressi raisi va sobiq bosh vazir Sher Bahadur Deuba hamda uning rafiqasi Arju Rana Deuba Katmandudagi norozilik namoyishchilari tomonidan hujumga uchradi, deya yozmoqda nashr.
Bundan tashqari, India Today'ning ma’lum qilishicha, namoyishchilar moliya vaziri Prasad Paudelga ham hujum qilgan.
Keng ko‘lamli noroziliklar fonida Nepal armiyasi mamlakat prezidenti va ayrim hukumat a’zolarini evakuasiya qildi. Namoyishchilar Katmandudagi prezident saroyi, parlament binosi va boshqa hukumat ob’ektlariga o‘t qo‘yishgan.
India Today ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar vaqtida 22 kishi halok bo‘lgan, yaralanganlar soni esa bir necha yuz nafar deb baholanmoqda.