Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Nepalda Hilton mehmonxonasi yoqib yuborildi

Nepalda Hilton mehmonxonasi yoqib yuborildi

Nepal poytaxti Katmanduda Hilton mehmonxonasi yonib ketdi. Bu haqda mahalliy Khabarhub nashri xabar berdi.

Isyonchilar o‘t qo‘ygan mehmonxona binosini o‘chirish imkoni bo‘lmagan. 10 sentyabr kuni Hindistonning ANI axborot agentligi e’lon qilgan videoda bino butunlay yonib, qurum bilan qoplanganini ko‘rish mumkin.

Mehmonxona va «Nepal kongressi» hukmron partiyasi rahbarining o‘g‘li o‘rtasida aloqadorlik bor degan xabarlar tarqalgandan so‘ng, isyonchilar Hilton binosiga o‘t qo‘yishgan.

Bungacha Nepaldagi «Z avlod» isyonlari chog‘i hukumat uyi va mamlakat ramzi — Singha Durbar saroyi yonib kulga aylangandi.

Kiritildi: 14:34 12.09.2025. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!