Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Nepalda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

A A A
Nepalda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi Nepaldagi fuqarolardan shaxsiy xavfsizlik uchun hukumat ko‘rsatmalariga amal qilishni so‘radi.

Nepal poytaxti Katmandu va boshqa qator shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakatda komendantlik soati joriy qilingan. To‘qnashuvlar sodir bo‘layotgani va jarohat olganlar haqida xabarlar tarqayapti.

“Shaxsiy xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida Nepal hukumati ko‘rsatmalariga amal qilishga, xususan, odam gavjum joylardan yiroqda bo‘lish, namoyish o‘tkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik, mahalliy tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish tavsiya etiladi”, deyiladi elchixona ogohlantirishida.

Favqulodda vaziyatlarda Dehlidagi elchixonaning +91 94994 85962 (Telegram/WhatsApp) raqamiga murojaat qilish mumkinligi bildirilgan. Ma’lum qilinishicha, telefon raqami tun-u kun ishlaydi.

Avvalroq Nepalda namoyishchilar prezident qarorgohiga o‘t qo‘ygani xabar qilingandi. Shu bilan birga, ular mamlakat Bosh prokuraturasi va Katmandu tuman sudiga hujum qilib, ish hujjatlarini yoqib yuborgan. Davom etayotgan namoyishlar fonida mamlakat hukumati vakillari fuqarolarni bosiqlikka chaqirmoqda.

Polisiya bilan to‘qnashuvlar natijasida 22 nafar namoyishchi halok bo‘ldi, yuzlab kishi jarohat olgan.

Kiritildi: 23:28 09.09.2025. O'qildi: 941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!