Bugun 30 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Nepal va Tibetda halok bo‘lganlar soni 600 kishidan oshdi, 3000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan

Nepal va Tibetda halok bo‘lganlar soni 600 kishidan oshdi, 3000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan

Nepal rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, halokatli suv toshqinidan keyingi to‘rtinchi kunda kamida 626 kishi halok bo‘lgan, yana 2426 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, 3700 dan ortiq kishi qutqarilgan. O‘z navbatida, Xitoy davlat OAVlari chegaraning ular tomonidagi qismida yetti kishi halok bo‘lgani va 554 kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi.

Yo‘qolganlarning yuzlab nafari xorijliklar, jumladan, diniy ziyoratchilardir.
Nepal armiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, qutqaruv ishlari, jumladan, gidroelektr stansiyasi qurilish maydonchasida ham davom ettiriladi, u yerda 100 dan ortiq kishi quyuq loy bilan to‘lgan tunnelda qolib ketgan. Qutqaruvchilar odamlarga yetib borish uchun savat va arqonlardan foydalanishgan, biroq qalinligi 1,5 metrgacha bo‘lgan loy qatlami va vertolyotlar qo‘nishi mumkin bo‘lgan joylar cheklangani sababli qutqaruv amaliyoti hanuz qiyinligicha qolmoqda.

Muzlik qulashidan keyin Himolay tog‘larining yuqori qismida hosil bo‘lgan yangi ko‘l qirg‘oqlaridan toshib ketsa, qayta suv toshqinlari xavfi mavjudligi sababli qutqaruvchilar yuqori shaylik holatida turishibdi. Shu bilan birga, Xitoy Suv resurslari vazirligining monitoring ma’lumotlari shuni ko‘rsatdiki, ko‘l hajmi kichraygan va undagi suv darajasi 27 avgust kuni ertalab qayd etilgan maksimal ko‘rsatkichga nisbatan 10 metrga pasaygan.

Kiritildi: 13:21 29.08.2026. O'qildi: 448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!