Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Nepal hukumati ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi — Reuters

Nepal hukumati ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi — Reuters

Agentlik xabariga ko‘ra, mamlakat aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi o‘tgan hafta joriy etilgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha taqiqni bekor qildi.

"Bu qaror dushanba kuni bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarida 19 kishi halok bo‘lib, yuzlab odamlar jarohatlangach qabul qilindi. Namoyishchilar parlament binosiga bostirib kirishga uringan, polisiya esa bunga javoban ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, suv purkagichlar va tayoqlardan foydalangan", deya yozmoqda Reuters.

Taqiq bekor qilinganidan so‘ng, Nepal hukumati poytaxt Katmandu hududida kelgusidagi noroziliklarning oldini olish uchun muddatsiz komendantlik soati joriy qildi. Muxolifat halok bo‘lganlarni xotirlash uchun yangi mitinglarga chaqirganidan so‘ng shunday chora ko‘rildi.

Nepal bosh vazirining aytishicha, hukumat halok bo‘lganlarning oilalariga kompensasiya to‘laydi hamda jarohat olganlarning bepul davolanishini ta’minlaydi.

Kiritildi: 17:00 09.09.2025. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!