Erdagi tiriklik mavjud hududlardan eng uzoqlikda joylashgan makon bu Nemo nuqtasi hisoblanadi.
Tinch okeanining janubiy qismida joylashgan bu hudud insonlar yashaydigan joylardan shunchalik uzoqda joylashganki, ba’zida Xalqaro kosmik stansiya uning yuqorisidan uchib o‘tayotganda, Nemo nuqtasiga eng yaqin odamlar XKS bortidagi astronavtlar bo‘lib qoladi.
Nemo nuqtasidan inson qadami yetgan joylargacha bo‘lgan eng yaqin masofa (Pitkern oroli) 2688 kilometrni tashkil etadi. Va aynan shuning uchun ham bu nuqta kosmik kemalar «qabristoni» sifatida tanlangan.
Hududga bunday nom fransuz adibi Jyul Vern qahramoni – insoniyatdan uzoqlashishga qaror qilgan kapitan Nemo bilan bog‘liq ravishda beriladi.
Shu vaqtdan boshlab, AQShning Kosmik tadqiqotlar agentligi (NASA), Rossiyaning Parvozlarni boshqarish markazi (SUP) va boshqa yirik kosmik agentliklar Yer orbitasidan qayta tushgan kosmik kemalarning atmosferada yonib ketmagan bo‘laklarini aynan shu nuqtaga yo‘naltirgan holda «dafn qilishadi».
Statistikaga ko‘ra, Nemo nuqtasida bugungi kungacha turli kosmik agentliklarning 260dan ziyod o‘z vazifasini ado etib bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlari va kemalari qoldiqlari mavjud.