Bugun 25 fevral, 2020 yil, seshanba

КИР

Nemis armiyasiga nisbatan nafratim oshdi – Turdimov

Nemis armiyasiga nisbatan nafratim oshdi – Turdimov

Yozuvchilar Anvar Ergashev va Yuliya Medvedovskayaning “Bir yuz bir” nomli romani chop etildi. Roman o‘z ichida Ikkinchi  jahon urushining suronli yillarini qamragan. Unda o‘zga yurtlarda dafn etilgan 101 samarqandlik jangchi haqida so‘z boradi. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov mazkur asar mualliflariga maktub yo‘llab, ularga minnatdorlik bildirdi, deydi "qalampir.uz". 

“Romanni mutolaa qilgandan so‘ng, suronli urush urush tafsilotlari to‘g‘risida tasavvurim yanada boyiganidan buyon qalbimda xalqim va millatimdan g‘ururlanish hissi ortib bormoqda. Binobarin, bu kitobni o‘qigan har bir yurtdoshimda ana shunday kechinmalar bo‘lishiga ishonaman”, deb gap boshlaydi Turdimov. 

U mamlakatda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yaqin va uzoq tarixni tiklash, o‘rganish va uni avlodlarga yetkazishga katta e’tibor qaratilayotganini, Ikkinchi jahon urushi ham ana shunday tarixiy hodisalardan biri ekanini qayd etadi. “Teran ildizli, ma’naviyatli xalqni yengib bo‘lmaydi. “Bir yuz bir” romani bu haqiqatni ko‘z oldimizda yana bir karra ifoda etgan. Ochig‘i, Gitler ko‘rsatmasi bilan Gollandiyaning Amersfort shahrida barpo etilgan mahbuslar manzilgohida shu yerlik vrach Nikolas Van Nyuvanxuazen o‘tkazgan tajriba tafsilotini o‘qib, yuragim muzlab ketdi. Bir tomondan eng murakkab sharoitda ham insoniy fazilatlarini namoyish etgan millatdoshlarimdan g‘ururlansam, ikkinchi tomondan urush bahonasida inson ustidan qabih sinov o‘tkazgan nemis armiyasiga nisbatan nafratim oshdi. Negaki, bu holatlar romanda juda samimiy, jonli, ishonarli va mahorat bilan yozilgan”, deydi Turdimov. 

Hokim kitob haqidagi fikrlarini bayon etarkan, bu kitobni yoshlar, butun samarqandliklar o‘qishi kerakligini aytadi. U Samarqand viloyatida 101 qahramon jangchi xotirasiga yodgorlik o‘rnatish niyati borligini ochiqlaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, XX asrning 30 yillarida Germaniya hokimiyati tepasiga kelgan fashizm insoniyat boshiga misl ko‘rilmagan vahshiyliklarni solgan. Adolf Gitler boshchiligida dunyo xalqlarini qul qilish maqsadida Ikkinchi jahon urushini boshlagan.

Yahudiy va uchinchi dunyo aholisini o‘ziga qaram qilib, ularni eng og‘ir va tuban ishlarni bajarishga majbur qilishgan yoki butunlay qirib tashlashgan.

Osvensim, Xolokost, Xatin va boshqa o‘lim lagerlarida asir olingan minglab begunoh bolalar, ayollar, keksalar tiriklayin o‘tda yondirilgan, gaz kameralarida bo‘g‘ib o‘ldirilgan...

Shuningdek, 6 million aholisi bo‘lgan O‘zbekistondan ham 1,5 million nafar yigitlar ushbu 2-jahon urushiga safarbar qilingan. Ularning yarmidan ko‘prog‘ining hoki poklari begona yurtlarda qolib ketgan, qanchasi bedarak yo‘qolgan. Ular ro‘yxatida 101 nafar samarqandlik yurtdoshlarimizning borligi aytiladi. Bu haqda Gollandiyalik jurnalist Remko Reyding ma’lumotlar to‘plagan va uni yoritgan.

Kiritildi: 05:15 17.01.2020. O'qildi: 4065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!