Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

«Neksiya» yukxonasiga yashirilgan 405 million so‘mlik telefonlar fosh etildi

A A A
«Neksiya» yukxonasiga yashirilgan 405 million so‘mlik telefonlar fosh etildi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat Davlat xavfsizligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda uyali telefonlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, fuqaro YU.A. ga tegishli bo‘lgan Neksiya avtomashinasi to‘xtatilib xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi. Natijada avtomashina yukxonasida hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 405,5 million so‘mlik 17 xil turdagi 328 dona uyali aloqa vositalari borligi fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: gazeta.uz

Kiritildi: 20:19 31.03.2019. O'qildi: 1661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!