Issiq havoda gipertoniya xavfi ortadi, bu yurak-qon tomir tizimining buzilishi bilan bog‘liq. Sog‘lom odamlarda qon bosimi odatda qon tomirlarining kengayishi tufayli issiqda pasayadi, gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarda esa aksincha. Yozda kislorod yetishmasligidan tomir devorlarida o‘zgarishlar yuzaga chiqadi.
Issiq havoda (25 daraja va undan yuqori) tana ko‘p suyuqlikni yo‘qotishni boshlaydi, shundan so‘ng qon quyuqlashadi va qon bosimi ko‘tariladi. Bu esa insult yoki yurak xuruji rivojlanishiga tahdid solishi bilan xavflidir.
Yozda qon bosimingizni muntazam ravishda tekshirib turing. Bu sizga har qanday muammoni tezda aniqlashga va chora ko‘rishga yordam beradi. Kaliy, magniy va sabzavotga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qiling, ko‘p suv iching, doimiy ravishda harakatda bo‘ling, kechki salqinda piyoda yuring - bular qon bosimini pasaytirishga yordam beradi.