Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Nega krossovkalar aynan saqichdan yasalmoqda?

A A A
Nega krossovkalar aynan saqichdan yasalmoqda?

Niderlandiyada mutaxassislar oddiy saqichdan krossovkalar ishlab chiqardi...

Ushbu ixtiroga «Gumdrop», «Explicit Wear» va «Iamsterdam» kompaniyalari mualliflik qilishdi. Haqiqatan, krossovkalar qayta ishlangan saqichdan tayyorlangan. Faqat ularning tili toza charmdan, xolos. Qolgan qismlari to‘liq saqichdan ishlangan.

Bu yangi ixtironi Amsterdamda namoyish etishdi. Aytishlaricha, krossovkalarni tayyorlash uchun xom ashyoni Niderlandiya ko‘chalaridan yig‘ishibdi. Ishlab chiqaruvchilar bu krossovkalar oddiylaridan ming marta yaxshiligini ta’kidlashdi.

— Biz bu ishimiz bilan, — dedi mutaxassislardan biri, — ekologiyani ifloslantirayotganlarga noroziligimizni izhor etishni xohladik. Qarang, birgina Niderlandiya ko‘chalarining o‘zida millionlab kilogrammlarda saqichlar tashlab ketilganini ko‘rasiz. Ular nafaqat ekologiyani ifloslantiradi, balki minglab qushlarning umriga zomin bo‘ladi. Chunki qushlar saqichni yemish o‘rnida ko‘rib yutadi-yu, o‘limga yuz tutadi.

Saqichdan tayyorlangan krossovkalar Niderlandiyaning o‘zida 190 yevrodan sotilmoqda.

“24tv.ua/ru”

Kiritildi: 05:59 12.05.2018. O'qildi: 1725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik