Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Nega kofir va fojirlarga ham katta boylik beriladi?

Nega kofir va fojirlarga ham katta boylik beriladi?

Hayotni kuzatsangiz, ba’zi fosiqu fojirlarga, hatto kofirlarga ham Alloh taolo tomonidan bu dunyoda juda ko‘p ne’matlar ‒ molu davlat, hukumat, boyliklar beriladi. Bu esa  ular uchun oqibatda yanada ko‘proq g‘aflat va sarkashliklar qilishlariga sabab bo‘lib, oxiratning qattiq azobiga uchraydilar. Zohiriy (tashqi ko‘rinishdagi) bu ne’matlar aslida ular uchun jazo bo‘ladi. Buni oyat va hadis istilohida «istidroj» deyiladi.

Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy bir kuni Haq taolo o‘zlariga ato qilgan ne’matlar haqida eslab: «Bu ne’matlar mabodo, istidroj emasmikin, deya qo‘rqaman», dedilar. Keyin yana aytdilarki, “Lekin  bir narsani o‘ylab turib, bu ne’matlar istidroj bo‘lmasa kerak degan umid ham paydo bo‘ladi. Chunki menda bu ne’matlar istidroj emasmikin degan qo‘rqinch bor. Ne’matlar Xudoyi taolo tomonidan istidroj shaklida berilgan kishida esa bunday qo‘rqinch va  g‘am umuman bo‘lmaydi. Balki,  ne’mat ziyoda bo‘lgani sayin uning g‘aflat va gunohi yanada ortaveradi”.

Yorqinjon qori Fozil o‘g‘li

Manba: azon.uz

Kiritildi: 22:30 17.10.2019. O'qildi: 3011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!