Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Nega Kiyevdagi elchixonalar yopildi?

 Nega Kiyevdagi elchixonalar yopildi?

Chorshanba kuni Ukraina poytaxtidagi Amerika elchixonasi yirik havo hujumi ehtimoli haqidagi xabarlar ortidan o‘z faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi. Ispaniya, Italiya va Gresiya vakolatxonalari «Ukraina bo‘ylab havo hujumlari xavfi kuchayganini» asos qilib, xuddi shunday qaror qabul qildi.

Ushbu voqealardan oldin Vladimir Putin Moskva yadroviy quroldan foydalanish shartlarini kengaytiruvchi qayta ko‘rib chiqilgan doktrinani imzolagan edi.

🇺🇸 AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller yaqinda jurnalistlarga Amerikaning Kiyevdagi elchixonasi payshanba kuni ishini davom ettirishini aytdi.

Bir kun avval Ukraina Rossiya hududidagi nishonga zarba berish uchun birinchi marta Amerika raketalaridan foydalangan, Moskva buni mojaroning kuchayishi deb baholagan.

Kiritildi: Bugun 08:37. O'qildi: 784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!