Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Nebraskada yengil motorli samolyot halokatga uchradi, qurbonlar bor

Nebraskada yengil motorli samolyot halokatga uchradi, qurbonlar bor

Nebraska shtatining sharqiy qismida daryoga qulagan kichik samolyot halokati uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

ABC telekompaniyasi xabariga ko‘ra, samolyot Platt daryosi bo‘ylab harakatlanib, 18 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:15 atrofida Fremont shahri janubida suvga qulagan.

Okrug sherifi ofisi serjanti Doj Bri Frenkning so‘zlariga ko‘ra, uchala marhumning jasadi topilgan. Ularning shaxsi hozircha oshkor etilmayapti.

Hodisa tergovi AQSh Federal aviasiya boshqarmasi va Transportda xavfsizlik bo‘yicha milliy kengash nazorati ostida o‘tkaziladi.

Fremont Omaxadan taxminan 60 kilometr g‘arbda joylashgan.

Kiritildi: 17:02 19.04.2025. O'qildi: 808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!