Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

NBC: Respublikachilar Tramp va uning tarafdorlarini g‘azablantirmaslik uchun 2028 yilgi prezidentlik saylovi uchun maqsadlarini e’lon qilmayapti

A A A
NBC: Respublikachilar Tramp va uning tarafdorlarini g‘azablantirmaslik uchun 2028 yilgi prezidentlik saylovi uchun maqsadlarini e’lon qilmayapti

Siyosatchilar Tramp AQSh Konstitusiyaga zid ravishda yana davlat rahbari bo‘lishi mumkinligini ochiqchasiga tan olmoqda.

Prezidentning uchinchi muddat haqidagi mulohazalari, ayniqsa, Jey Di Vens, Ron Desantis va Trampning marhamatiga sazovor bo‘lishni istagan boshqalarga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Arkanzas shtatining sobiq gubernatori Asa Xatchinsonning so‘zlariga ko‘ra, ular "Donald Tramp bunga rozilik bermaguncha va o‘zi nomzodini qo‘ymasligini aytmaguncha, chetda turish kerakligini" bilishadi.

NBC manbasining qayd etishicha, Respublikachilar partiyasi Trampdan yaqin orada aniq javob kutmayapti. U javob berishni qanchalik uzoq vaqt kechiktirsa, shunchalik ko‘p e’tiborni o‘ziga jalb qiladi.

Kiritildi: 21:26 26.04.2025. O'qildi: 1026 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!