Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Navoiylik yigit to‘ydan keyin darhol ajrashdi: “Kelin tomon menga tureskiy kiyim bermabdi” (video)

Navoiylik yigit to‘ydan keyin darhol ajrashdi: “Kelin tomon menga tureskiy kiyim bermabdi” (video)

Yaqinda yosh kelin-kuyov to‘ydan so‘ng darhol ajrashdi, kuyovga kelinning ota-onalari tomonidan hadya qilingan mahalliy kiyim-kechak yoqmadi, deyiladi "Yoshlar" telekanalida efirga uzatilgan dasturda.

Telekanalda oila va nikoh muammolari, shuningdek, O‘zbekistonning Navoiy viloyatidagi yoshlarning ajralishlari sabablari haqida reportaj namoyish etildi. Navoiylik yigit turmush o‘rtog‘ining ota-onasi unga to‘y uchun "yomon kiyim" berganligi sababli ajrashish uchun ariza topshirishga majbur bo‘lganini aytdi. Mahalliy urf-odatlarga ko‘ra, kelin va kuyovning ota-onalari to‘y uchun yangi turmush qurganlarga sarpo berishadi: erkaklar, qoida tariqasida, poyabzal, ayollar – idish-tovoq, uy matolari.

"Menga turk kiyimlarini berishadi deb o‘ylagandim. Ammo ular menga o‘zimizda ishlab chiqarilgan keraksiz narsalarni olib kelishdi", dedi u telekanalga bergan intervyusida.

Yigit do‘stlari uylanganida ularga Turkiyada ishlab chiqarilgan sifatli kiyim va poyafzal sovg‘a qilinganini aytdi. "Aka-ukalari va ota-onalari (do‘stlari uylangan qizlarning — sayt) yaxshi joylarda ishlaydilar. Menga ham shunday qilishadi, deb o‘ylardim", deb qo‘shib qo‘ydi yigit.

 

Kiritildi: 16:36 19.08.2019. O'qildi: 14518 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!