Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Navoiydagi sifatsiz qilingan asfalt bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi

Navoiydagi sifatsiz qilingan asfalt bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Navbahor tumani “Qiziltepa” MFYdagi ichki yo‘llar sifatsiz ta’mirlangani haqidagi xabarlar Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Dastlabki tekshiruvda 8,134 km yo‘lda yotqizilgan asfalt-beton qoplama loyiha talablariga to‘liq javob bermasligi aniqlandi. Qoplama bir tekis yotqizilmagan, qalinligi va zichligi me’yorga mos kelmagan.

Laboratoriya sinovlari ham suv shimuvchanlik va zichlanish ko‘rsatkichlari normativ talablarga mos emasligini ko‘rsatdi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha materiallar huquqiy baho berish uchun tegishli organlarga yuborildi.

Kiritildi: Bugun 11:09. O'qildi: 353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!