Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Navoiyda vodorod sulfid me’yordan 16,8, ammiak 1,4 barobar oshgani ma’lum bo‘ldi

Navoiyda vodorod sulfid me’yordan 16,8, ammiak 1,4 barobar oshgani ma’lum bo‘ldi

Navoiyda atmosferada vodorod sulfid va ammiak miqdori me’yordan oshgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

19 iyul kuni Navoiy shahrida havoning ifloslanishi kuzatildi. Aholi shahar va uning atrofida tutun paydo bo‘lganini bildirgan. Ekologiya vazirligi viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tahlillar «Navoiyazot» korxonasi va sanoat zonasi hududida vodorod sulfid miqdori ruxsat etilgan me’yordan 16,8 baravar, ammiak esa 1,4 baravar oshganini ko‘rsatdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, shaharda nafas olish qiyinlashgan.

Bunga «Navoiyazot» korxonasi chiqindilari sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Korxona esa hodisa ularga aloqador emasligini bildirgan. Ta’kidlanishicha, tutun aeroport tomondan shamol orqali shahar tomon harakatlangan.

Shunga qaramay, Ekologiya boshqarmasi 20 iyul kuni korxonada tekshiruv o‘tkazish va ifloslanish sabablarini aniqlash bo‘yicha hujjatlar tayyorlanayotganini ma’lum qildi.

Navoiy viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi laboratoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, shahar ichkarisidagi kuzatuv punktlarida ham is gazi, ammiak va boshqa zararli moddalar me’yordan oshgani aniqlangan. Tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 14:00 21.07.2025. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!