Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Diario AS: Yurgen Klopp "Real" borasida bir qarorga keldi

Diario AS: Yurgen Klopp "Real" borasida bir qarorga keldi

"Liverpul"ning sobiq ustozi Yurgen Klopp katta ehtimol bilan "Real"ni boshqarmaydi.

"Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi lavozimi tez orada bo‘shab qolishi mumkin - Xabi Alonso ishdan bo‘shatilishi mumkin. Ispaniyalik mutaxassisning ehtimoliy o‘rinbosarlaridan biri Klopp ekani aytilmoqda, ammo "qirollik klubi" boshqa nomzodlarni qidirishiga to‘g‘ri keladi. Diario AS xabariga ko‘ra, 58 yoshli nemis murabbiylik ishiga qaytishni istamayapti - uning rejalari o‘zgarmaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshidan buyon Yurgen Klopp Red Bull futbol bo‘limi direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Mutaxassis 2015 yilning oktyabridan 2024 yilning yozigacha "Liverpul"da bosh murabbiy bo‘lib ishlagan, avvalroq Dortmundning "Borussiya" va "Mayns" klublarini boshqargan.

Kiritildi: 16:29 14.12.2025. O'qildi: 2699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!